Ayollar futboli. U-16. “Aral Samali” mag‘lubiyatsiz peshqadamlik qilyapti

Ayollar futboli bo‘yicha 16 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat Birinchiligi ham yozgi tanaffusdan keyin o‘z faoliyatini yana davom ettiryapti. 6-tur doirasida sakkizta o‘yin o‘tkazildi. Qiziq tomoni, sakkizta uchrasho‘uvning oltitasida yirik natijalar qayd etildi, ayniqsa “Mash’al” va “Aral Samali” safarda to‘p surishlariga qaramay mezbonlarni yaxshigina ranjitishdi. Nukusliklar o‘z guruhida hali bironta ham mag‘lubiyatga uchramagan holda peshqadamlik qilishyapti. Turdagi ikkita o‘yinda esa darvozalarga bitta ham to‘p kiritilmadi.

Shu tariqa ayni paytda “A” guruhida “Navbahor” 5ta o‘yindan 12 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda boryapti, “Andijon” 10 ochko to‘plagan, lekin bitta o‘yini kam. “V” guruhida AGMK 12 ochko, “S” guruhida “Dinamo” 2ta o‘yindan 6 ochko, “D” guruhida “Sevinch” 4 o‘yindan 12 ochko, “E” guruhida esa “Aral Samali” 10 ochko bilan karvonboshilik qilishmoqda.

 

Ayollar futboli. U-16.

6-tur. 22 avgust, dushanba

 

AGMK – LOKOMOTIV – 5:0 (2:0)

Olmaliq. “Metallurg” stadioni.

Hakamlar: Xusniddin Uralov, Darya Snetkova, Mohira Muralieva

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Davlat Jalimov

Gollar: Ruxshona Olimjonova (13), Oydinoy Turg‘unova (16), Asal Aminjonova (40, 57), Sevinch Xabibullaeva (49)

Ogohlantirish: Sevinch Xabibullaeva (55).

 

BUNYoDKOR – PAXTAKOR – 7:0 (5:0)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Aleksandra Konchikova, Asad Tursunov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Maxliyo Toshmuhammedova (2, 22), Alina Almatova (7, 10, 30), Diyora Baxtiyorova (31, 36)

Ogohlantirish: Yo‘q –yo‘q.

 

QO‘QON-1912 – TURON – 0:0

Qo‘qon. “Kimyogar” stadioni.

Hakamlar: Sanjar Yormatov, Aziz Isoqov, Umidjon Jaxbarov

Nazoratchi: Anvar O‘rinov

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

 

METALLURG – SO‘G‘DIYoNA – 5:1 (2:0)

Bekobod. “Tsementchi” stadioni.

Hakamlar: Mirjalol Orzidinov, Azamat Bobomurotov, Bexzod Xoshimov

Nazoratchi: Yo‘q

Komissar: Feruzbek G‘aniev

Gollar: Ruxshona Saidabbosova (30, 38, 42, 45, 57) – Dilnura Mamatqulova (47)

Ogohlantirishlar: Sadoqat Yusufbekova (24), Ruxshona Ergasheva (36) – yo‘q.

Chetlatish: Ruxshona Ergasheva (60+2, ikkinchi sariq).

 

NAVBAHOR – NEFTChI – 8:0 (4:0)

Uychi. “Paxtakor” stadioni.

Hakamlar: Isroiljon Imomnazarov, Bobur Ibrohimov, Islom Nosirov

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov

Komissar: Umid Xolmatov

Gollar: Navbahor To‘xtaboeva (8, 39), Durdona Ashuralieva (12), Ruxshona Ziyomadinova (13), O‘g‘iloy Azimjonova (41), Muslima Ibrohimova (50, 53) – Marjona Qo‘chqorova (15-o‘z darv.)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

 

SURXON – MASh’AL – 0:4 (0:2)

Qiziriq t. “Bo‘sm-1 maydoni.

Hakamlar: Shuhratbek Miraziev, Nigora Muhammadieva, Jahongir Noraliev

Nazoratchi: Shuhrat Xoliyarov

Komissar: Viktor Aleshnikov

Gollar: Madinabonu Korjovova (19, 27-pen.), Dildora Mardonova (54), Zebiniso Rahmatullaeva (59)

Ogohlantirishlar: Aziza Alanazarova (25) - Farangiz Eshqulova (58).

 

ShO‘RTAN – NASAF – 0:0

G‘uzor. BO‘SM maydoni.

Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Marjona Rahmatqulova, Laziz Abdiraupov

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Gulchehra Norqoraeva (16), Charos Ro‘zieva (57).

 

BUXORO – ARAL SAMALI – 2:5 (0:3)

Buxoro. “Umid” stadioni.

Hakamlar: Husniddin Shodmonov, Akmal G‘iyosov, Aleksandr Burov

Nazoratchi: Abdurahmon Qo‘ldoshev

Komissar: Samandar Ibragimov

Gollar: Shaxlo Sharipova (27-o‘z darv.), Ruxsora Rasulova (53, 55) – Ruhshona Rustamova (4-pen.), Zuhra Matyoqubova (10, 49), Gulruh Ozodboeva (37)

Amalga oshirilmagan penalti: Aksingul Kurbashova (39, “Aral Samali”)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

 

XORAZM – QIZILQUM o‘yini boshqa muddatga qoldirildi.

   

mib
cola
apex
bmb