U-18 Birinchiligi. “Neftchi” yaqin ta’qibchisini etti ochkoga ortda qoldiryapti

18 yoshlilar birinchiligida ko‘chirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 18-turdan o‘rin olgan, biroq iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish maqsadida o‘zaro kelishuv asosida tashkil etilgan o‘yinda mezbon “Neftchi” jamoasi “Aral Samali” futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Mazkur yutuq bilan farg‘onaliklar yaqin ta’qibchisi “Paxtakor”ni etti ochkoga ortda qoldiryapti. Biroq “Paxtakor”da ikkita o‘yin kamligini inobatga olmoq lozim...

 

U-18 Birinchiligi.

18-tur.  23 avgust, dushanba

 

NEFTChI – ARAL SAMALI – 2:1 (1:1)

Farg‘ona. “Neftchi” BO‘FM maydoni.

Hakamlar: Muhammad-sulton Fozilov, Axror Rahmatov, Jahongir Husanov

Nazoratchi: Sulton Zpylobiddinov

Komissar: Shohruhbek A’zamov

Gollar: Akobirjon Ahmadjonov (37), Muhammadali Xolmatov (62) –  Marlen Tugenbaev (7)

Ogohlantirishlar: Samandarbek To‘xtasinov (80) -  Zulpuxar Kuanishbaev (9), Aydos Allambergenov (28), Sanjarbek Qurbonboev (62), Erkinboy Jametov (85).

mib
cola
apex
bmb