O‘zPFL va O‘zbekiston regbi federatsiyasi “Sportda shoshilinch tibbiy yordam” mavzusida seminar o‘tkazadi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi va O‘zbekiston regbi federatsiyasi hamkorlikda Superliga, Pro liga va ayollar futbol klublarida faoliyat olib borayotgan shifokorlar uchun seminar tashkil etadi. Tibbiyot xodimlari 21-22-avgust kunlari Toshkent shahrida to‘planadi.  

Regbi va futbolning umumiy jihatlari ko‘p: jamoaviy sport turi, yakkakurashlarga juda boy, jarohat olish ehtimoli tabiiyki katta. Bu kabi sharoitda malakali tibbiyot xodimlarining o‘rni beqiyosdir. Bunga misol qilib Euro-2020 doirasidagi Daniya – Finlyandiya uchrashuvida hushini yo‘qotgan Kristian Eriksenni olish mumkin. Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan shoshilinch tibbiy yordam tufayli futbolchining qimmatli hayotini saqlab qolishga erishildi.

“Sportda shoshilinch tibbiy yordam” mavzusidagi seminar klublarimizda faoliyat olib borayotgan shifokorlar uchun foydali bo‘lishi shubhasiz. Seminarda ishtirok etish istagida bo‘lgan boshqa futbol klublari mutaxassislar http://passport.world.rugby/ru/ havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va undagi modullarni o‘rganib chiqishlari kerak buladi. Ushbu vebsaytda ko‘rsatilgan barcha shartlarni bajargan mutaxassislar oflayn seminarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘quv seminar ikki kun bir xil ko‘rinishda “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida o‘tkaziladi va ishtirokchilar ikki guruhga ajratib olinadi.

mib
cola
apex
bmb