Futzal. Jamoalar o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishishdi

Futzal bo‘yicha Oliy liga 2021/22-yilgi mavsum joriy yilning 9-oktyabr kuni start oladi. Futzalchilarni yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davri sifatida 2-avgust — 6-oktyabr sanalari,shuningdek, mavsum davomida 17-yanvar — 12-fevral sanalarida yangi futzalchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘shimcha transfer oynasi ochilishi haqida ma’lumot berilgan edi.

Yangi mavsum oldidan futzal jamoalari o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlab yubordilar. “Bunyodkor” jamoasi yig‘inni 3 bosqichda o‘tkazishni rejalashtirgan: 1-bosqich – 11-iyul-20-avgustda “Bunyodkor” akademiyasida, 2-bosqich – 25-avgust-10-sentyabr kunlari tog‘li hududlarda, 3-bosqich – 15-sentyabr-8-oktyabrda “Bunyodkor” akademiyasida. AGMK futzal jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini 9-27-avgust kunlari OKMK sport majmuasida o‘tkazadi. “Stroitel-Zarafshon” – 10-avgustdan boshlab Zarafshon, Toshkent va Namangan shaharlarida, “Neftchi”jamoasi sentyabr oyidan “Neftchi” sport majmuasida, “Dinamo” – 2-avgustdan Samarqand futzal kompleksida, “Lokomotiv” 5-avgustdan “O‘zbekiston” sport majmuasida “HUAXIN-Jizzax” – 3-avgustdan “So‘g‘diyona” sport majmuasida, “Navbahor” 5-sentyabrdan Namanganda, “Maksam-Chirchiq” – 1-avgustdan “Kimyogar” sport majmuasida, “Paxtakor” – 15-avgustdan “O‘zbekiston” sport majmuasida, “Nasaf” 15-avgustdan “Nasaf” akademiyasida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumga qur’a tashlash marosimi shu yilning 4-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

mib
cola
apex
bmb