Oliy liga. AGMK – yuqoridan olti ochko orqada, pastdagidan esa shuncha ochko tepada

Ayollar o‘rtasida oliy liga o‘yinlarining 13-turiga yakun yasaldi. Buxoroda AGMK jamoasini qabul qilgan maydon egalari yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Ilxom Xanjariev shogirdlari Obid Rajabov jamoasi darvozasiga javobsiz ettita gol urishdi. Mazkur g‘alabadan keyin olmaliqliklar 22 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni band etib turishibdi. Qizig‘i, AGMK o‘zidan yuqoridagi “Sevinch”dan olti ochkoga ortda qolayotgan bo‘lsa, eng yaqin ta’qibchisi “Metallurg”dan shuncha ochkoga yuqorida turibdi. “Buxoro” esa 7 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rindan joy olgan.

 

Oliy liga. 13-tur

16 avgust, dushanba

 

BUXORO-W - AGMK-W – 0:7 (0:4)

Buxoro. “Umid” stadioni.

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: Isxak Ibragimov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Leyla Rustullaeva (10), Kamila Zaripova (17), Feruza Turdiboeva (26), Orasta Tojiboeva (42), Leyla Oraniyozova (52, 85), Dinora Turg‘unova (59)

“Buxoro”: Nozigul G‘iyosova, Soxiba Seyitmirova, Nilufar Umarova, Nitaya-Roj  Kunnosa, Sitora Pirnazarova, Shaxzoda Rashidova (Farzona Shohnazarova, 61), Komila To‘xtasinova, Charos G‘anieva (Dinora Sadaqulova, 80), Shaxnoza Yusupova, Nargiza Rahimova, Zebiniso G‘anieva (Ruxsora Rasulova, 87)

AGMK: Nilufar Qurbonalieva (Ruxsora Usmonova, 73), Darina Fedosenko, Mardona Almatova (Nodira Yo‘ldosheva, 46), Kamila Zaripova (Leyla Oraniyozova, 46), Muniso G‘iyosova, Leyla Rustullaeva (Dinora Turg‘unova, 46), Shohida Tojiddinova, O‘g‘iloy Ilasheva, Maftuna Panjieva, Feruza Turdiboeva, Orasta Tojiboeva  

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Leyla Oraniyozova (61), Nodira Yo‘ldosheva (69).

mib
cola
apex
bmb