U-18. “Nasaf” uchinchi o‘rin imkoniyatidan foydalana olmadi

18 yoshlilar birinchiligida 12-tur o‘yinlari start oldi. Aniqrog‘i, biroz keyinroq boshlanadigan mazkur turdagi “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ikkala jamoa kelishuviga ko‘ra  10 avgustga ko‘chirildi. Qarshida o‘tgan bahsda kuchlar teng keldi. “Nasaf” o‘z maydonidagi imkoniyatidan foydalanib, g‘alaba qozongan taqdirda 23 ochko to‘plab, turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilib olgan bo‘lardi. “Paxtakor” esa bunga yo‘l qo‘ymadi, aksincha safardagi bir ochko evaziga jadvalda ikkinchi pog‘onadagi mavqeini mustahkamladi va peshqadam “Neftchi” bilan oradagi farqni bir ochkoga keltirdi.

 

U-18 Birinchiligi.

12-turning ko‘chirilgan o‘yini

 

NASAF – PAXTAKOR – 1:1 (1:0)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Artem Kalinin, Izzat Usmonov

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar: Shaxzod Akramov (22) – Temurbek Tohirjonov (79)

Ogohlantirishlar: Aziz Xolmurodov (37), Alisher Xayrullaev (86) – Nosirjon Abdusalomov (42), Saidolim Asapdov (58), Asan Vaniev (82), Rustam Turdimurodov (90)

Chetlatish: Saidolim Asadov (90+3, ikkinchi sariq)

 

mib
cola
apex
bmb