U-18 Birinchiligi. “Paxtakor” ikkita o‘yinda to‘rt ochko “ishladi”

18 yoshlilar Birinchiligida uch kunda ikkita qoldirilgan o‘yin o‘kazildi. Va har ikkalasida ham “Paxtakor” ishtirok etdi. Kichik “sherlar” avvaliga o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kecha esa Olmaliqqa safar uyushtirib, bitta bo‘lsada ochko bilan qaytdi. Shu tariqa toshkentliklar ikkita o‘yinda to‘rt ochko to‘pladi, lekin ikkinchi pog‘onadagi o‘rni o‘zgarmadi – 26 ochko bilan hamon ikkinchi o‘rinda bormoqda.

 

U-18 Birinchiligi.

10 va 11-turlarning qoldirilgan o‘yinlari

 

11-tur. 28 iyul, choshanba

 

PAXTAKOR – SO‘G‘DIYoNA – 6:2 (4:0)

Toshkent v. “Qibray” stadioni.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Ziyovuddin Erkinov, Kristina Sereda

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Rustam Turdimurodov (4, 25), Akbar O‘ktamov (16, 73), Nosirjon Abdusalomov (29), Saidolim Asadov (51) – Fayozbek Xayitjonov (80-pen.), Og‘abek Rahmatov (90)

Ogohlantirishlar: Nosir Rasulov (38), Muhammadrasul Abdumajidov (62), Odiljon G‘ulomjonov (85) – Temur Xoshimov (14).

 

10-tur. 1 avgust, yakshanba

 

AGMK -PAXTAKOR – 0:0

Olmaliq. “Metallurg” stadioni.

Hakamlar: Abdullaxo‘ja Saidov, Husniddin Urolov, Artem Snetkov

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Oybek Yunusov

Ogohlantirishlar: Murodbek Sobirov (24), Muzaffar Abdukarimov (78) – Kirill Todorov (13), Nosirjon Abdusalomov (45+2), Rustamjon Pozilov (53).

mib
cola
apex
bmb