Bu yil “Bunyodkor-W” Osiyo chempionatida ishtirok etadi, 2023 yildan ayollar o‘rtasida OChL o‘tkaziladi

Iordaniya poytaxti Ammanda joriy yilning 7-12-noyabr kunlari ilk ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Unda 4 ta ishtirokchi jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Musobaqada “Amman FK” (Iordaniya), “Shahrdari Sirjan” (Eron), “Gokulam Kerala FK” (Hindiston) bilan bir qatorda O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Bunyodkor-W” ishtirok etadi.

Mazkur musobaqa G‘arbiy Osiyo jamoalari o‘rtasida birinchi marta tashkil etilmoqda. Sharq mintaqasida esa mezbon masalasi hal etilmagan.

Qayd etish joiz, OFK joriy yildan e’tiboran ayollar jamoalarini rivojlantirish masalasiga juda jiddiy ahamiyat bermoqda. Xususan, bu yil ilk bora ayollar jamoalari ham sinov tariqasida litsenziyalashdan o‘tkazilmoqda va O‘zbekiston kam sonli a’zo mamlakatlar qatorida ayollar klublarini ham litsenziyalash jarayoniga jalb etdi. 2022-yildan e’tiboran mazkur jarayon barcha qolgan a’zo davlatlarda ham majburan tatbiq etiladi. 2023-yildan boshlab esa ayollar jamoalari o‘rtasida to‘laqonli Osiyo Chempionlar ligasi tashkil qilinadi va unda faqat litsenziya olgan klublargina ishtirok etadi. 

mib
cola
apex
bmb