U-21. “Nasaf” o‘rinbosarlari ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilishdi

Yozgi ta’til ortda qoldi. Superliga jamoalari va ularning o‘rinbosarlari bir oylik ta’tildan so‘ngi 13-tur o‘yinlarida maydonga tushishni boshladi. Dastlab, U-21 Birinchiligida ikkita uchrashuv o‘tkazildi. Toshkentga safar uyushtirgan qarshiliklar mezbon maydonida mezbonlar darvozasini ikki bor nishonga olib, o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. “Nasaf”ning ushbu g‘alabasi turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga xizmat qildi. Ikkinchi uchrashuv esa Qashqadaryoda o‘tkazildi. O‘z maydonida “Surxon”ni qabul qilgan muborakliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Vaholanki, o‘yinda dastlabki golni mehmonlar kiritishgandi. Shu tariqa “Mash’al” ayni paytda “Bunyodkor” bilan teng ochko (21) to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band etib turibdi.  

 

U-21. 13-tur.

29 iyul, payshanba

 

LOKOMOTIV – NASAF – 0:2 (0:0)

Toshkent. TTYMI stadioni.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Oybek Kallaxo‘jaev, Husniddin Bahodirov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar:  Shaxzod Xushvaqtov, 63 (0:1), Shaxboz Nuriddinov, 81-pen. (0:2)

Ogohlantirishlar: Sardorbek Mahmudov, 38, Azizbek Mahmudov, 45+2 - G‘olib G‘aybullaev, 60, Aziz Xolmurodov, 70, Otajon Niyozmetov, 76, Jahongir Shermatov, 88.

 

MASh’AL – SURXON – 3:1 (0:0)

Muborak. “B.Vafoev nomli stadion.

Hakamlar: Doston Rahmonov,  Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Muhammad-Ali Abdurahmonov, 47 (0:1),  Islom Asilbekov, 71 (1:1), Xushnudbek Bozorov, 77 (2:1), Xushnudbek Bozorov, 83 (3:1)

Ogohlantirish: Muhriddin Rasulov, 25 – yo‘q.  

 

mib
cola
apex
bmb