Coca Cola Superliga. “Nasaf” Yaypanda g‘alaba qozondi va to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

Coca Cola Superliganing 11-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Turning so‘nggi uchrashuvida Qo‘qonga safar uyushtirgan “Nasaf” maydon egalari ustidan ustunlikka erishdi. Qo‘qondagi stadion yoritkichi talabga javob bermaganligi bois Yaypanda, “Turon” stadionida tashkil etilgan o‘yinning birinchi bo‘limida qarshiliklar ikkita to‘p farqi bilan hisobda oldinda borishayotgandi. Shoxnazar Norbekovning 75-daqiqada kiritgan to‘pi hisobdagi farqni biroz kamytirishga xizmat qildi, xolos. Yakunda mehmonlar uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

 

Coca Cola Superliga, 11-tur

28 iyun, dushanba

 

QO‘QON-1912 – NASAF - 1:2 (0:2)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 1803 tomoshabin.

Hakamlar: Zokirjon Qodirov, Ruslan Samandarov, Maksim Nexochin, Lochinbek Dolimov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR hakami: Jahongir Saidov

Operator: Sherali Janaliev

Komissar: Bekzod Aripov.

Gollar: Husayin Norchaev, 1 ( 0:1), Marko Stanoevich, 37-pen. ( 0:2), Shohnazar Norbekov, 75 (1:2)

"Qo‘qon-1912": Muzaffar Abdullaev,  Bobirjon Akbarov, Farhodbek Bekmuratov,  Shohnazar Norbekov, Sardorbek Azimov (Asadbek Sobirjonov, 32), Avazxon Mamatxo‘jaev (Slavko Lukich, 46), Iqboljon Malikjonov (Yakuba Bamba, 46), Muhammadanas Hasanov ( Andrey Sidorov, 72), Aleksandr Merzlyakov,  Ivan Yosovich (Hamidullo Abduhamidov, 46), Murod Holmuhammedov

"Nasaf": Umidjon Ergashev (Abduvohid Ne’matov, 81), Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev, Husain Norchaev (Muhriddin Zoirov, 90+5),  Suhrob Nurulloev (Shokir Yo‘ldoshev, 63) Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Shohmalik Komilov (Dilshod Saitov, 62), Oybek Bozorov (Murodbek Rahmatov, 90+5), Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov

Ogohlantirishlar: Avazxon Mamatxo‘jaev, 36, Aleksandr Merzlyakov, 86 - Umidjon Ergashev, 55, Husniddin Aliqulov, 90+1.

mib
cola
apex
bmb