Coca-Cola Superliga. “Qizilqum” g‘alabali yurishini davom ettirdi va yana to‘rt pog‘ona yuqoriladi

Coca-Cola Superliganing 11-tur o‘yinlari davom ettirildi. “Qizilqum” bundan avval AGMKni mag‘lub etib, o‘ninchi o‘rindan sakkizinchiga ko‘tarilgan bo‘lsa, bu gal o‘z maydonida “Bunyodkor”dan ustun keldi va turnir jadvalida to‘rt pog‘ona balandga “sakrab”, hozircha to‘rtinchi o‘rindan joy olib turibdi. Uchrashuvda ayniqsa, Erkin Boydullaevning burchakdan tepgan to‘pi to‘ppa-to‘g‘ri darvoza to‘riga borib tushishi chiroyli ko‘rinish oldi.

Ikkinchi uchrashuvda durang qayd etildi. Bekobodga safar uyushtirgan “Navbahor” maydon egalaridan ikkita to‘p farqiga ortda borayotgandi. “Metallurg” avvaliga hisobni tenglashtirishga yo‘l qo‘yib berdi, ko‘p o‘tmay Kamoliddin Tojiev kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol etib, mehmonlarga durangni “hadya etdi”.    

 

Coca-Cola Superliga.

11-tur

25 iyun, juma

 

QIZILQUM – BUNYoDKOR - 2:1 (2:0)

Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 1567 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Sardor Ismatullaev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Erkin Baydullaev, 20 (1:0), Mate Vastadze, 39 (2:0), Mirjahon Mirahmadov, 76 (2:1).

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Boydullaev, Giorgiy Kuxianidze, Mate Vatsadze, Fayzulla Qambarov (Sherali Jo‘raev, 63), Salim Mustafoev, Jasur Azimov (Behruz Sa’dulloev, 79), Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhsinjon Ubaydullaev, Elguja Grigalashvili, Oleg Tolmasov

"Bunyodkor": Ravshan Yagudin, Davronxon Ergashev (Suhrob Izzatov, 46), Avazbek O‘lmasaliev, Farruh Ikromov,  Xurshid G‘iyosov, Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘raev (Sanjar Rashidov, 46), Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullaev (Muhammadodil Qahramonov, 65), Abdulla Abdullaev

Ogohlantirishlar: Erkin Boydullaev, 25, Fayzullo Qambarov, 37 - Mirjahon Mirahmadov, 9, Lutfulla To‘raev, 10, Nurillo To‘xtasinov, 35.

Chetlatishlar: Muhsinjon Ubaydullaev, 85 - Suhrob Izzatov, 85.

 

METALLURG – NAVBAHOR - 2:2 (1:0)

Bekobod, "Metallurg" stadioni. 3201 tomoshabin.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Elnur Doniyorov, Shohnur Yo‘ldoshev, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Damir Temirov, 26 (1:0), Shahzodbek G‘ofurbekov, 54 (2:0), Mirzohid G‘ofurov, 58 (2:1), Kamoliddin Tojiev, 73-o‘z darv. (2:2).

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Salamat Kutibaev, Abrorbek Toshqo‘ziev (Shahzodbek Nurmatov, 75), Zohid Abdullaev (Ivan Nagaev, 61), Kamoliddin Tojiev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreev, Dilshod Rahmatullaev, Akbarjon Ismatullaev (Odilbek Abdumajidov, 51),  Damir Temirov

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Sardar Telyakov, Ivan Solovyov (Farhod Mirahmatov, 82), Quvondiq Ro‘ziev, Panshanbe Ehsoni (Bahrom Abdurahimov, 59), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Abbosjon G‘ulomov (Shohruh Mahmudxojiev, 90), Zabixillo O‘rinboev (Slavisha Stoyanovich, 46)

Ogohlantirishlar: Salamat Qutiboev, 48, Kamoliddin Tojiev, 84 - Mirzohid G‘ofurov, 17.

 

mib
cola
apex
bmb