Coca-Cola Superliga. Ikkita o‘yin, ikkalasida ham durang

Coca-Cola Superliganing 11-tur o‘yinlariga start berildi. Dastlabki kungi bahslarda ikkita o‘yin o‘tkazildi va har ikkalasida ham darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. “So‘g‘diyona” va “Lokomotiv” uchrashuvi ayniqsa keskin va murosasiz o‘tdi. Ikkala jamoa tarafidan bir necha xavfli vaziyatlar sodir etildi, lekin muxlislarga gol ko‘rish nasib etmadi. Yaypandagi o‘yin ham qiziqarli kechdi. Jamoaga yangi bosh murabbiy etib e’lon qilingan Igor Shkvirindan mahalliy tomoshabinlar dastlabki g‘alabani kutishgandi, biroq bu stadionda ham hisob ochish hech bir jamoaga nasib etmadi.

 

 

Coca-Cola Superliga.

11-tur

25 iyun, juma

 

SO‘G‘DIYoNA - LOKOMOTIV - 0:0

Jizzax. “So‘g‘diyona” stadioni. 4200 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Komiljon Rasulov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistent: Aleksandr Sidorov

Operator: Jahongir Saidov

Komissar: Sardor Qudratullaev

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Ayubxon No‘’monov, Iskandar Shoyqulov  (Bahodir Nasimov, 83), Arslanmurat Amanov (Javohir Qahramonov, 56), Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov (Oybek Nurmatov, 69), Jasur Hasanov (Asiljon Begimqulov, 83), Luka Cheremel, Marko Kolakovich.

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maxaradze, Javohir Sidiqov (Javohir Alijonov, 85), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Marat Bikmaev, 75), Sanjar Qodirqulov (Islom Rashidxonov, 75), Jaloliddin Jumaboev, Shuhrat Muhammadiev, Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov  (Azizbek Amonov, 75), Hurshidbek Muxtorov

Ogoxlantirish: Shahboz Jo‘rabekov, 65, Sardor Qulmatov, 68, Jasur Hasanov, 77, Marko Kolakovich, 84, Bahodir Nasimov, 89 - Temurxo‘ja Abduxoliqov, 30, Xurshidbek Muxtorov, 89.

 

TURON – MASh’AL - 0:0

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 2531 tomoshabin.

 

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Timur Galeev, Daler Tilloev, Alisher To‘xtasinov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Bekzod Aripov

"Turon": Akmal Ortiqov, G‘iyosjon Komilov, Sunnatilla Ermatov, Jasurbek Hakimov (Javohir Sohibov, 46), Muzaffarjon Muzaffarov, Fozil Musaev, Abdulazizxon Abdurashidov, Jahongir Mehmonov, Bo Yong Kim, Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev 

"Mash’al": Shohruhjon Eshbo‘taev, Zafarbek Akramov, Ifeani Ifeani,  Mikael Okoro Ibe, Humoyun Murtozaev, Samuel Chigoze (Xudoyorxon Sagdullaev, 76), Muhammadali Aliqulov,  Jamoliddin Ubaydullaev, Abbos Shodmonov (Muhammad Yo‘ldoshev,76), Sardor Abduraimov(Shaaxzod Shaymanov, 90+3),Samandar Shukurillaev

Ogohlantirish: Ifeani Ifeani, 11, Samandar Shukurullaev, 44, Jamoliddin Ubaydullaev, 50, Mikael Okoro Ibe, 82

Chetlatish: Mikael Okoro Ibe,  90+2 (ikkinchi sariq).

mib
cola
apex
bmb