“Surxon” — “Bunyodkor” o‘yini 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Surxon” — “Bunyodkor” uchrashuvi 3-iyul sanasidan 4-iyulga ko‘chirildi. 

“Surxon” futbol klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Termizdagi stadion projektorlari Superliga klublari uchun taqdim etiladigan yozgi tanaffusga qadar talab etilgan ko‘rsatkichga keltirilmadi. Shundan kelib chiqib, “Surxon” klubi 12-turdan joy olgan uchrashuvini neytral maydonda o‘tkazadi. 

Mazkur bellashuvni “Bunyodkor” klubi bilan kelishib, uning stadionida o‘tkazish ilojsiz. Sababi bu vaqtda stadion Chempionlar ligasi uchrashuvlari bilan band bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, “Surxon” AGMK stadionidan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 3-iyul kuni AGMK klubi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qilayotgani “Surxon” ishtirokidagi uchrashuvning bir kun keyinga surilishiga asos bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, O‘zPFL iyun oyidan e’tiboran uchrashuvlarni faqatgina 20:00 ga tayin qilgani holda, futbolchilarning quyosh issig‘ida o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymayapti.

mib
cola
apex
bmb