U-21. “Paxtakor”ning g‘alabasi ikki pog‘onaga ko‘tardi

21 yoshlilar o‘rtasidagi birinchilikning qoldirilgan ikkita o‘yini o‘tkazildi. 6-tur doirasida “Paxtakor” Qibrayda “Andijon”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mazkur yutuq “Paxtakor”ning turnir jadvalida 6-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilishiga xizmat qildi. 9-tur doirasidagi  “Metallurg” va “Nasaf” jamoalari o‘yinida esa kuchlar teng keldi – 2:2. Bunda bekobodliklardan Nurbek Axrorbekov kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol etib, qaysidir ma’noda raqiblarining ochko ishlashiga “ko‘maklashib” yubordi. Ushbu durang har ikkala jamoaning turnir jadvalida egallab turgan autsayderlik joylariga hech qanday ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.

 

U-21. 22 iyun, seshanba

6-turning qoldirilgan o‘yini

 

PAXTAKOR – ANDIJON – 5:1 (1:0)

Toshkent v. “Qibray” stadioni. 65 tomoshabin.

Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Amir Galeev, Asad Tursunov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Botir Irismetov, 54 (1:0), Odiljon Obidov, 48 (1:1), Abbosbek Fayzullaev, 54 (2:1), Rustam Turdimurodov, 70 (3:1), Islombek Mamatkazin, 76-o‘z dar. (4:1), Muhammadali Irisboev, 81 (5:1)

Ogohlantirishlar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 30, Saidolim Asadov, 36 – Xojimurod Asqarov, 79, Jamshidbek Shaxobiddinov, 89.

 

9-turning qoldirilgan o‘yini

METALLURG – NASAF – 2:2 (1:0)

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 120 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Husniddin O‘rolov, Artem Snetkov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Mahmudjon Qudratillaev, 39 (1:0), Nurbek Axrorbekov, 40-o‘z darv. (1:1), Muhriddin Salohiddinov, 59 (2:1), Muhriddin Zoirov,  90+3 (2:2)

Ogohlantirishlar: Samandar Muradbaev, 35, Shaxzodjon Ne’matjonov, 49, Farruhbek Xojibekov, 62 – Zafarjon Karimov, 63

Chetlatish: Samandar Muradbaev, 90+1 (ikkinchi sariq).

 

mib
cola
apex
bmb