Birinchi liga. “Bunyodkor-Farm” safardan uch ochko bilan qaytdi

Birinchi liganing 11-tur doirasidagi ikkita o‘yin o‘tkazildi. Toshkentga safar uyushtirgan “Paxtakor-79” hujumchisi Bobur Mamajonov jamoadoshlarini ikkita to‘p farqi bilan oldinga olib chiqqandi. Unga javoban Yusuf Shoimov ham ikkita to‘p kiritib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv oxirigacha maydon egalari ikki bor, mehmonlar esa bir bor gol urishdi. Uychiliklar nafaqat tayyor g‘alabani boy berishdi, balki yakunda uch ochkodan ham mahrum bo‘lishdi. Ikkinchi bahsda esa yosh “qaldirg‘ochlar” Jizzaxda mezbonlarni mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi.

 

Birinchi liga. 11 -tur

19 iyun, shanba

 

LOKOMOTIV-BFK – PAXTAKOR-79 – 4:3 (0:1)

Toshkent. “Futbol akademiyasi” maydoni. 32 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Sulton Xojiev, Bekjon Begaliev

Nazoratchi: Erkin Oripov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Bobur Mamajonov, 9 (0:1), Bobur Mamajonov, 49 (0:2), Yusuf Shoimov, 56-pen. (1:2), Yusuf Shoimov, 59 (2:2), Farhod Imomov, 78 (3:2), Orifjon Yusupov, 83-pen. (3:3), O‘tkirbek O‘ktamov, 90+1 (4:3)

Ogohlantirishlar: Yusuf Shoimov, 28, Diyorbek Imomov, 64 – Sanjar Toshpo‘latov, 55, Orifjon Yusupov, 62.

 

JIZZAX-BARS – BUNYoDKOR-FARM – 1:2 (0:0)

Sh.Rashidov tumani. “Markaziy” stadion. 65 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Abror To‘ychiev

Nazoratchi: Bobir Qodirov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Sohibjon Yoqubov, 68 (1:0), Sirojiddin Bashriddinov, 70 (1:1), Elbek Bo‘riev, 89 (1:2)

Ogohlantirishlar: Islom Meliboev, 3, Musurmonqul Orziqulov, 30, Elyorbek Sobirjonov, 53 – Bobur Yorbekov, 63.

 

mib
cola
apex
bmb