“Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuviga Yaypan mezbonlik qiladi

Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvi Yaypan shahrida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Yaypan Muborakning “Mash’al” klubini ham aynan shu turda qabul qilishga rozi bo‘lgandi.

Stadion projektorlarini talab darajasiga olib chiqish bo‘yicha “Qo‘qon-1912” klubi shartnoma imzoladi. Reja bo‘yicha avgust oyi boshiga qadar Qo‘qondagi stadion projektorlari lyuksi yaxshilanadi va uchrashuvlarni kechki vaqtda o‘tkazish imkoniyati vujudga keladi.

Unga qadar esa klub Qarshi jamoasiga qarshi uy uchrashuvini Qo‘qondan uzoq bo‘lmagan Yaypanda o‘tkazadi. Bellashuv 28-iyun — dushanba kuni soat 20:00 da start oladi. Tomonlarning II davradagi o‘zaro o‘yiniga reja bo‘yicha Qarshi shahri mezbonlik qiladi.

mib
cola
apex
bmb