“Mash’al” — “Turon” o‘yini Yaypan shahriga ko‘chirildi

Shu yilning 14-may kuni O‘FA majlislar zalida assotsiatsiya rahbariyati hamda futbol klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, unda Coca-Cola Superliganing to‘rt klubi iyun oyidagi FIFA kunlari yakuniga qadar stadion projektori masalasida konkret taklif berishi, belgilangan muddatga qadar projektor masalasi hal etilmasa, ular ishtirokidagi uy uchrashuvlari yoz oyida neytral maydonlarga ko‘chishi borasida ogohlantirilgandi.

Coca-Cola Superliganing 11-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Turon” o‘yiniga qadar Muborakdagi stadion projektorlarini talab darajasiga keltirishning imkoni bo‘lmaydi. Buni anglagan holda “Mash’al” futbol klubi "Turon” bilan kelishib, 11-turni Yaypan shahrida o‘tkazish masalasini hal qildi. Sir emaski, “Turon” Coca-Cola Superliga debyutanti bo‘lishiga qaramay, OFK tomonidan qo‘yilgan projektorlar bo‘yicha talabni shu yilning may oyiga qadar bajarib ulgurgandi.

Musobaqaning II davrasida “Turon” futbolchilari Muborakka safar etadi. 25 iyun — juma kuni bo‘lib o‘tadigan dastlabki to‘qnashuv esa 20:00 da start oladi.

mib
cola
apex
bmb