U-18. Bugun Islombeklar kuni ekan

18 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat Birinchiligining 8-tur o‘yinlariga start berildi. Bugun bitta o‘yin o‘tkazildi. Termizga safar uyushtirgan “Neftchi”ning yosh futbolchilari maydon egalarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. E’tiborli jihati, farg‘onaliklarning to‘rt golidan uchtasini Islombeklar kiritishdi. Mazkur g‘alaba bilan “Neftchi” turnir jadvalida “Paxtakor”ga etib oldi.

 

U-18 Birinchiligi.

8-tur, 6 iyun, yakshanba

 

SURXON – NEFTChI – 1:4 (0:1)

Gollar: Ararat Bagdasarov (90+3) – Oblayorbek Rahmatov (24), Islombek Akramov (70), Islombek Isoqov (76), Islomjon Odiljonov (90+1)

mib
cola
apex
bmb