Ayollar futboli. Ikkinchi davra 22-iyun kuni start oladi

Xabaringiz bor, ayollar Oliy ligasi birinchi davra uchrashuvlari 30-may kuni yakunlangan edi. Qisqa tanaffusga chiqqan jamoalar 22-iyun kunidan boshlab ikkinchi davra uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Ikkinchi davraning ikkita tur uchrashuvlari sanalari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan CAFA turnirida qatnashishini inobatga olgan holda ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi 1/8 final o‘yinlari 29-iyundan 1-iyul kuniga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kuboki chorak finali qur’a tashlash marosimi 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Ayollar Oliy ligasi. Ikkinchi davra

 

mib
cola
apex
bmb