Birinchi liga. Uch o‘yin, uchalasida ham mehmonlar g‘olib

Birinchi liganing 8-tur doirasidagi qolgan uchta o‘yin ham o‘tkazildi. E’tiborli jihati, uchalasida ham mehmonlar zafar quchishdi.  “Zomin” safarda “Lochin” ustidan g‘alaba qozonib, peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi. “Neftgazmontaj” esa “Bunyodkor-Farm” maydonida yutuqqa erishdi va bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Qiziqarli uchrashuvlardan biri Uychi tumanida o‘tkazildi. Viloyat derbisida “Navbahor-Farm” futbolchilari “Paxtakor-79” jamoasini yagona gol evaziga ortda qoldirishdi va birinchi marotaba kuchli uchlik orasidan joy oldi.

 

Birinchi liga. 8 -tur

30 may,yak shanba

 

LOChIN – ZOMIN – 0:3 (0:0)

Chirchiq. O‘zDJTSU stadioni. 49 tomoshabin.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Sardor Mirodilov, Daniil Yatsenko

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Eldor Karimov, 57-pen. (0:1), Begzod Ahmedov, 90 (0:2), Xudayor Zikriyaev, 90+5-o‘z darv. (0:3)

Ogohlantirishlar: O‘rol Abdimuratov, 59, Oybek Mirzohidov, 68, Husniddin Salaydinov, 77 – Jahongir Ismoilov, 26, Mirjalol Suyunov, 81, Abdumutal Tursunqulov, 90+1.

 

PAXTAKOR-79 – NAVBAHOR-FARM – 0:1 (0:1)

Uychi. “Paxtakor” stadioni. 445 tomoshabin.

Hakamlar: Ahmad Ergashev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin

Nazoratchi: Mo‘minjon Majidov

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Qodirjon Ikromov, 45 (0:1)

Ogohlantirishlar: Orifjon Yusupov, 74 – Diyor Jalolddinov, 5, Javohirbek Olimjonov, 86.

 

BUNYoDKOR-FARM – NEFTGAZMONTAJ – 1:2 (1:2)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 55 tomoshabin.

Hakamlar: Jaloliddin Xusniddinov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Farhod O‘tkirov, 14 (1:0),  Sherzod Rixsiboev, 23 (1:1), Abdujalil Manazarov, 45

Ogohlantirishlar: Bobur Yorbekov, 26, Sardor Usmonov, 32, Rizsixo‘ja Ahmadxo‘jaev, 51, Asilbek Normo‘minov, 69 – Akbar Abdurasulov, 32.

mib
cola
apex
bmb