Futzal. Bu yilgi kubok finali AGMKsiz o‘tadigan bo‘ldi

Olmaliq shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘yinlari start oldi. Unda professional klublar qatorida havaskor jamoalar ham to‘p surishmoqda. Jizzax Olimpiya sport kollejining “Dizak” jamoasi kuchli “Bunyodkor” jamoasiga imkoniyatni osonlikcha boy bergan bo‘lsa, yana bir havaskor jamoa – O‘zbekiston Sanoatqurilishbanki futzalchilari oliy liganing “Maksam-Chirchiq” jamoasiga osonlikcha “taslim” bo‘lmadi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida kuchlar teng keldi, faqat “lotareya” bahsida omad chirchiqliklarga kulib boqdi.

 

Shu tariqa ertaga bo‘lib o‘tadigan yarim finalda “Huaxin-Jizzax” “Bunyodkor” bilan, “Lokomotiv” esa “Maksam-Chirchiq” bilan kuch sinashadi. G‘olib jamoa 30 mayga belgilangan final bahsiga yo‘llanma oladi.

 

 

Futzal. O‘zbekiston Kubogi.

Chorak final.

28 may, juma

 

AGMK – HUAXIN-JIZZAX – 1:2 (0:1)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Shavkat Muhiddinov, Sanjar Nazarov, Sanjar Muzaffarov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Gollar: Isaxon Ibrohimov (21-o‘z darv.), Anasxon Rahmatov (34-pen.) – Dilshod Rahmatov (5).

Ogohlantirishlar: Muzaffar Ahadjonov (26), Anasxon Rahmatov (26), Husniddin Nishonov (36) – yo‘q.

 

BUNYoDKOR – DIZAK – 9:3 (4:0)

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Sanjar Nazarov, Sultonmurod Abdurahmonov, Shavkat Muhiddinov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Gollar: Mirzohid Xaydarxo‘jaev (7, 9, 29), Shohruh Shokarimov (11), Asilbek Isroilov (18), Xayrullo Solihov (29), Nurillo Sa’dullaev (33), Olimjon Vohidov (34), Shahriyor Mirzakarimov (38) – Sunnat Darxonov (33, 39), Xayitboy Sharipov (39).

Ogohlantirishlar: Shohruh Shokarimov (24), Xurshid Najimov (39) – Javohir Nosirov (24)

Chetlatish: Shohruh Shokarimov (24, ikkinchi sariq), Jasur Sodiqov (27) – yo‘q.

 

DINAMO – LOKOMOTIV – 2:5 (2:2)

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Adham Rixsiboev, Rustam Tog‘aev, Umid Po‘latov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Gollar: Nurillo Toshtemirov (4, 14) – Ilhom Karimov (9), Boburbek Ergashev (20), Sevastyan Mojaev (21), Jamoliddin Normirzaev (30), Ravshanbek Asqarjonov (39)

Ogohlantirishlar: Nurillo Toshtemirov (35) – Boburbek Ergashev (26).

 

O‘ZSQB – MAKSAM-ChIRChIQ – 2:2. Qo‘shimicha vaqt - 3:3. Penaltilar bo‘yicha – 4:5.

Hakamlar: Umid Po‘latov, Rustam Tog‘aev, Adhamjon Rixsiboev, Anatoliy Rubakov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Gollar: Sunnat Qurolov (28), Husniddin Ilyosov (39), Iskandar Mo‘minov (45) – Elbek To‘lqinov (19, 50), Javlon Anorov (32)

Ogohlantirishlar: Sunnat Qurolov (18), Soyibjon Safarov (36) – Elbek To‘lqionov (27).

mib
cola
apex
bmb