Futzal. “Dinamo” oliy ligaga yo‘llanma oldi

Samarqand shahrida viloyat futbol assotsiatsiyasi qoshidagi “Futzal” sport majmuasida futzal bo‘yicha oliy ligaga o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda yaqinda nihoyasiga etgan futzal bo‘yicha mamlakat Birinchiligida ikkinchi o‘rinni egallagan “Dinamo” jamoasi oliy liganing 11-jamoasi “Buxoro” bilan kuch sinashdi. Qiziqarli, murosasiz va jangovar ruhda o‘tgan bahsning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 4:4. Qo‘shib berilgan o‘n daqiqalikda esa maydon egalari tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va raqiblar darvozasiga yana uchta to‘p kiritishdi.

Shu tariqa futzal bo‘yicha mamlakat chempionati oliy ligasining 2021-2022 yilgi mavsumi oliy ligasida endi “Dinamo” jamoasi ham paydo bo‘ldi.

 

Futzal. Oliy ligaga o‘tish o‘yini.

 

DINAMO – BUXORO – 4:4. Qo‘shimcha vaqt – 7:4

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Shavkat muhiddinov, Nikita Afinogenov, Umid Po‘latov

Nazoratchi: Sherqul Allaev

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Daler Eshonqulov (12, 31, 42), Doniyor Rajabov (20), Shaxram Faxriddinov (26, 43), Nurillo Toshtemirov (47) – Bexruz Samiev (4, 12), Mirfayz Muhiddinov (28), Shamshodjon Savriddinov (37)

Ogohlantirishlar: Nurillo Toshtemirov (49) - Shuhrat Suyarqulov (46).

 

mib
cola
apex
bmb