Futzal. “Qizilqum” 3-o‘rin bilan kifoyalandi

Farg‘ona shahridagi “Futbol markazi” majmuasida davom etayotgan futzxal bo‘yicha mamlakat Birinchiligining to‘rtinchi kun o‘yinlari nihoyasiga etdi. “Qizilqum” jamoasi bugun “Neftchi”ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan holda musobaqadagi ishtirokini uchinchi o‘rinda tugatdi. Ertaga 1-liganing hal qiluvchi bahslari. “Neftchi” va “Dinamo” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy ligaga ravona bo‘ladi. 2-o‘rinni egallagan jamoa esa oliy ligada 11-o‘rindan joly olgan “Buxoro” jamoasi bilan o‘tish o‘yinida bahs yuritadi.

 

Futzal. Birinchi liga.

2-davra

To‘rtinchi kun. 20 may, payshanba.

 

NEFTChI –QIZILQUM – 9:4 (3:2)

Hakamlar: Xushnud Otamurodov, Nikita Afinogenov, Mahmudjon Rustamov, Sanjar Rahmonov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Gollar: Mavlon G‘aniev (3), Muhammadyusuf Muhammadjonov (9, 23, 23), Muhammadxalil Sotvoldiev (18, 32), Sardorbek Alisherov (32, 32), Abdurahim Saidjonov (38) – Javohir Shodiev (1, 28), O‘tkir Nurullaev (2), Allayor Sadirov (28)

Ogohlantirishlar: Abdurahim Saidjonov (17) – Bekali Abdurahmonov (185), Yorqin Qurolov (20) .

 

DINAMO – SURXON – 14:2 (4:2)

Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Mahmud Rustamov, Murodxon A’zamjonov, Sanjar Rahmonov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Gollar: Qosim Safarov (13), Daler Eshonqulov (14, 24), Samariddin Berkinov (15, 30, 31), Doniyor Rajabov (19), Lazizbek Ubaydullaev (21, 37), Shaxram Faxriddinov (23), Nurillo Toshtemirov (25, 28), Timur Salimov (40) – Asliddin Omonov (2, 17), Abdimurod Panjiev (24-o‘z darv)

Ogohlantirish: Qosim Safarov (33) -  yo‘q.

mib
cola
apex
bmb