Futzal. “Neftchi” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futzal bo‘yicha mamlakat Birinchiligining ikkinchi davra ikkinchi kungi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda “Dinamo” va “Qizilqum” jamoalari durang o‘ynashdi. Ikki ochko yo‘qotish ham “Dinamo”ning turnir peshqadamligiga ta’sir ko‘rsatmadi. Garchi “Neftchi” “Mash’al”ni katta farq bilaen engan bo‘lsada ikkinchi pog‘onada turibdi. Lekin farg‘onaliklar samarqandliklardan bitta o‘yin kam o‘ynagan.

 

Futzal. Birinchi liga.

2-davra

Ikkinchi kun. 18 may, seshanba.

 

DINAMO – QIZILQUM – 2:2 (1:1)

Hakamlar: Murodxon A’zamjonov, Sanjar Rahmonov, Mahmud Rustamov, Xushnud Otamurodov

Gollar: Muhammad Rajabov (3, 30) – Javohir Shodiev (5), Laziz Rahmatullaev (39)

Ogohlantirishlar: Anvar Nosirov (36, murabbiy), Shaxram Faxriddinov (39) – Javohir Shodiev (39).

 

NEFTChI – MASh’AL – 12:1 (6:0)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Umid Po‘latov, Xushnud Otamurodov, Mahmud Rustamov

Gollar: Ulug‘bek Abduqodirov (6, 8, 27), Muhammaxalim Sotvoldiev (7, 29, 35), Mavlon G‘aniev (12, 23), Sardorbek Alisherov (13, 15, 34), Abdurahim Saidjonov (28) – Asadbek Soliev (40)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb