“Dinamo” – “Sho‘rtan” uchrashuvi 11-may kuni bo‘lib o‘tadi

Xabaringiz bor, qishki transferlar davomida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi FIFA taqiqi sabab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Oqibatda klub mavsumni 15 nafar futbolchi bilan boshlashga majbur bo‘ldi. 

Jamoada diskvalifikatsiya qilingan o‘yinchilari borligi, shuningdek, jamoada bir qator jarohatlangan futbolchilar mavjud ekanini hisobga olib, Pro liga 5-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Sho‘rtan” uchrashuvi keyinroq muddatga qoldirilgan edi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi har ikki klub bilan kelishgan holda “Dinamo” – “Sho‘rtan” uchrashuvini 11-may kuniga belgiladi.

mib
cola
apex
bmb