Coca-Cola Superliga. “Nasaf” – “Mash’al” uchrashuvi keyinroq muddatga qoldirildi

Xabaringiz bor, 14-20 may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida OFK kubogi-2021 “F” guruhi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz vitse-chempioni Qarshining “Nasaf” klubi ishtirok etadi.

Dushanbedagi uchrashuvlar sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazilishi, shu boisdan jamoaning bunday maydonda oz muddat bo‘lsa-da mashg‘ulotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun “Nasaf” klubi Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Mash’al” bilan o‘yinni keyinroq muddatga qo‘ldirishni so‘rab O‘zPFLga murojaat qildi. Aslida taqvimga ko‘ra, “Nasaf” – “Mash’al” uchrashuvi 10 may kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Lekin “Nasaf” klubi aynan 10 may sanasida Tojikistonga yo‘l olishni, 7 maydan esa Toshkentda “Chig‘atoy” bazasining sun’iy qoplamali maydonida mashg‘ulotlar olib borishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida “Mash’al” futbol klubi vaziyatni anglab, “Nasaf”ning so‘roviga rozilik bildirgani sabab mazkur jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv keyinroq muddatga qoldirildi.

Shuningdek, 6 may kuni Coca-Cola Superliga 7-turi doirasida “Surxon” mehmoni bo‘ladigan AGMK 10 may, dushanba kuni 5-tur doirasidagi “Turon” bilan bahsini o‘tkazadi. Taqvimga ko‘ra, 13 may sanasida esa 8-turning AGMK – “Bunyodkor” uchrashuvi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

AGMK jamoasi Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga kech qaytganini inobatga olib, AGMK jamoasi “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinni 14 may sanasiga ko‘chirishni so‘rab murojaat qildi. O‘z navbatida “Bunyodkor” ham mazkur taklifga rozilik bildirgani bois AGMK – “Bunyodkor” uchrashuvi 14-mayga ko‘chirildi.

 

mib
cola
apex
bmb