Futzal. Birinchi ligada yangi mavsum start oldi

Samarqand shahrining “Arena” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat birinchiligi start oldi. Beshta jamoa o‘zaro kuch sinashayotgan musobaqaning birinchi kunida maydon egalari “Dinamo” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan ochko ulashdi – 3:3. Ikkinchi bahsda esa “Surxon” jamoasi “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi – 8:4. Birinchi kuni “Qizilqum” jamoasi dam oldi.

Futzal. Birinchi liga. 1-davra

Birinchi kun

DINAMO – NEFTChI – 3:3 (2:1)

Hakamlar: Shavkat Muhiddinov, Askarbay Arzibekov, Jasur Tursunboev, Aziz Karimov

Nazoratchi: Sherqul Allaev

Gollar: Daler Eshonqulov (18), Doniyor Rajabov (19) – Rashidjon Jabborov (19, 37-o‘z darvozasiga), Shuhratbek Rashidov (21, 38)

Ogohlantirishlar:  Muhammad Rajabov (13) – Rashidjon Jabborov (12), Farhodjon Ne’matov (38).


SURXON – MASh’AL – 8:4 (3:3)

Hakamlar: Jahongir Allaev, Farruh Muzaffarov, Aziz Karimov, Jasur Tursunboev

Nazoratchi: Ilhom Yoqubov

Gollar: Yaxyo Temirov (11), Asliddin Omonov (13, 20, 35), Abulqosim Qurbonov (27, 30, 36, 40) – Jo‘rabev Shodiev (1), Davron Nashbandov (15), Ahmadjon Amirov (20), Otabek Tongatarov (31)

Ogohlantirishlar: Yaxyo Temirov (28) - Akbarali Zokirov (30).

mib
cola
apex
bmb