Pro ligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab keladi. 2021-yildan boshlab Pro liga murabbiylari va futbolchilari uchun ham shunday so‘rovnoma o‘tkaziladi. Ortda qolayotgan aprel oyida Pro ligada 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

 

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

 

Aleksandr Yejov (“Xorazm”) – 2 ta o‘yin, 2 g‘alaba

Ilhom Mo‘minjonov (“Neftchi”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba

Temur Kapadze (“Olimpik”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba

 

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

 

Ro‘zim Ahmedov (“Xorazm”) – 3 o‘yin, 4 gol

Marko Obradovich (“Neftchi”) – 3 o‘yin, 2 gol

Oleg Marchuk (“Dinamo”) – 2 o‘yin, 2 gol

Alisher Odilov (“Olimpik”) – 3 o‘yin, 2 gol

 

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Pro liga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etadi. Pro liganing 9 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali aprel oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

 

mib
cola
apex
bmb