Birinchi liga: Uch o‘yinda uch xil natija

Bugun o‘tkazilgan uchta o‘yindan so‘ng Birinchi liganing 2-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Uch uchrashuvda uch xil natija qayd etildi. O‘z maydonida zafar quchish birgina “Jomboy” jamoasiga nasib etdi. Ular Uychining “Paxtakor-79” jamoasini 2:1 hisbida mag‘lub etib, turnir peshqadamlari safiga ko‘tarilib olishdi.
Mehmonlarning yutug‘i “Jizzax-Bars” va “Navbahor-Farm” jamoalari o‘yinida kuzatildi – namanganliklar maydon egalarini 3:1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi.
Bitta o‘yinda durang qayd etildi – “Lochin” – “G‘ijduvon” – 1:1.

1-liga. 2-tur

18 aprel, yakshanba

JOMBOY – PAXTAKOR-79 – 2:1 (0:0)

Jomboy. BO‘SM maydoni. 567 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Farruh Ashirboev, Erlan Nurjanov

Nazoratchi: Isxak Ibragimov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Abdulla Nabiev, 60 (1:0), Berdiyor Abdurashidov, 64 (2:0), Sanjar Toshpo‘latov, 90+3 (2:1)

Ogohlantirishlar: Firdavs Abdusalimov, 67, Abdulla Nabiev, 69, Javohir Ergashev, 85 – Dilshod Qayumov, 55, Sanjar Toshpo‘latov, 62, Boburmirzo Karimov, 67, Orifjon Yusupov, 70.


JIZZAX-BARS – NAVBAHOR-FARM – 1:3 (1:0)

Sh.Rashidov tumani. “Markaziy” stadion. 183 tomoshabin

Hakamlar: Davron Akmalov, Muhammadali Baxtiyorov, Turg‘un Jumaboev

Nazoratchi: Ro‘zim Davletmurodov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Asilbek Odilov, 42 (1:0), Qodirjon Ikromov, 57 (1:1), Diyor Jaloliddinov, 60 (1:2), No‘monjon Ma’rupov, 90 (1:3

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Ayubxon Jshraev, 70, Javohir Husanov, 90+3.


LOChIN – G‘IJDUVON – 1:1 (0:0)

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni. 30 tomoshabin.

Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Xayrullo Normatov, Bexruz Berdibekov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Jamshid Imomov

Gollar: Abdulaziz Jo‘raev, 73 (1:0), Dilshod Xushbaqov, 90+3 (1:1)

Ogohlantirishlar: Abbos Po‘latov, 17, Abdulaziz Jo‘raev, 34 – Shavkat Rahmatov, 19, Sunnat Rustamov, 28, Asadullo Polvonov, 32, Maxsudjon Mahmudov, 78, Dilshod Xushbaqov, 80.

mib
cola
apex
bmb