O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. “Buxoro” — “Dinamo” uchrashuvi 20 aprel kuni bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi V guruhidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Dinamo” uchrashuvi avvaldan belgilangani kabi 21 aprelda emas, 20 aprelda o‘tkaziladi. 

Xabaringiz bor, “Istiqlol” futbol klubi mavsumni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘lgach, O‘zPFL kubokda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan ikki jamoa ishtirokida yana bir saralash uchrashuvini o‘tkazdi va unda “G‘ijduvon” klubi Toshkentda “Chig‘atoy”ni mag‘lub etib, guruh bosqichining so‘nggi ishtirokchisiga aylandi. O‘z-o‘zidan “Buxoro” va “G‘ijduvon” klublari bir guruhdan joy oldi. 

Joriy mavsumga qadar “Buxoro” klubining asosiy stadioni o‘yinlarga tayyor bo‘lmagani uchun, jamoa uy uchrashuvlarini G‘ijduvondagi stadionda o‘tkazadigan bo‘ldi. Saralash natijasidan kelib chiqib, V guruhining ilk turida Buxoro viloyatining ikki klubi bir kunda uy uchrashuvini o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Shuni hisobga olgan holda, maydon egasi bo‘lgan “G‘ijduvon” klubi “Surxon”ga qarshi 21 aprel kuni maydonga chiqadi. Bunda “Buxoro” va “Dinamo” klublarining Pro liga so‘nggi turida dam olganliklari ham inobatga olingan.  

Guruh bosqichining qolgan uchrashuvlari avvaldan belgilangan vaqtlarda o‘tkaziladi.

mib
cola
apex
bmb