“Nasaf” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “So‘g‘diyona” esa yutuqni “qo‘ldan chiqardi”

Superliganing 6-tur doirasidagi o‘yinlar davom etdi. O‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qilgan “So‘g‘diyona” uchrashuv tugashiga sanoqli soniyalar qolganda “Mash’al”ga hisobni tenglashtirish uchun “yordam qo‘lini cho‘zdi” -  jizzaxliklarning legioner vakili Luka Cheremel kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

“Nasaf” esa muxlislarini xursand etishda davom etmoqda. “Surxon”ni qabul qilgan qarshiliklar raqiblar darvozasiga javobsiz oltita gol kiritishning uddasidan chiqishdi.  

Coca-Cola Superliga. 6-tur

15 aprel, payshanba

SO‘G‘DIYoNA – MASh’AL  - 2:2 (2:1)

Jizzax. "So‘g‘diyona" stadioni. 2970 tomoshabin.

Hakamlar: Akobir Shukurullaev, Timur Galeev, Shohrux A’zamov, Jaloliddin Xusnitdinov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Jasur Hasanov, 20 (1:0), Shohruz Norxonov, 25-pen. (2:0), Samuel Chigozi, 37 (2:1), Luka Cheremel, 90+2-o‘z darv. (2:2)

Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Hasanov, 58.

"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullaev, Elyor Oripov, Ayubxon No‘’monov, Iskandar Shaykulov (Oybek Nurmatov, 83), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov, Javohir Qahramonov (Arslanmirat Amanov, 64), Bahodir Nasimov (Jamshid Boltaboev, 60), Luka Cheremel, Asiljon Begimqulov, Marko Kolakovich.

"Mash’al": Shohruhjon Eshbo‘taev, Zafarbek Akramov (Ukeme Mitchel Uilyams, 81), Najmiddin Normurodov (Shahzod Shaymanov, 26), Ifeani Ifeani, Humoyun Murtozaev, Samuel Chigozi, Jamoliddin Ubaydullaev, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurullaev, Muhammad  Yo‘ldoshev (Doniyor Usmonov, 59).

Ogohlantirishlar: Iskandar Shaykulov, 76 - Najmiddin Normurodov, 19, Jamoliddin Ubaydullaev, 23, Shahzod Shaymanov, 57.


NASAF – SURXON - 6:0 (1:0) 

Qarshi. "Markaziy" stadion. 6276 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Shohrux Said

Gollar: Xusain Norchaev, 38 (1:0), Akmal Mozgovoy, 49 (2:0), Marko Stanoevich, 52 (3:0), Sherzod Nasrullaev, 61 (4:0), Akmal Mozgovoy, 80 (5:0), Abubakr-Rizo Turdaliev, 87 (6:0)

"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev, Murodbek Xo‘jamberdiev (Abubakr-Rizo Turdialiev, 70), Shokir Yo‘ldoshev, Jo‘rabek Mannonov (Dilshod Saitov, 70), Husain Norchaev, Akmal Mozgovoy,  Sherzod Nasrullaev,  Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov (Shahzod Akramov, 80).

"Surxon": Akrom Xo‘jaev, Jasurbek Yoqubov, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov (Javohir Esonqulov, 74), Zohir Pirimov, Jasur Xolto‘raev (Murodbek Bobojonov, 58), Vladimir Bubanya, Nuriddin Hasanov, Husniddin G‘ofurov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Asror G‘ofurov (Jahongir Ahmadov, 58).

mib
cola
apex
bmb