Pro-liga: “Neftchi” safarda g‘alaba qozondi va peshqadamga aylandi

G‘uzor va Nukus shaharlarida o‘tkazilgan ikki o‘yindan keyin  Pro-liganing 4-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Ma’lum sabablarga ko‘ra bu mavsumda tarkibini kuchaytira olmagan “Sho‘rtan” mag‘lubiyatli “yurishini” davom ettiryapti. G‘uzorliklar o‘z maydonida “Olimpik” jamoasigi yirik – 0:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bunga qaysidir ma’nodja mezbonlar tarkibida ikki futbolchining maydondan chetlatilganligi ham sabab bo‘ldi.

Nukusda ham maydon egalari raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Safarda to‘p surishiga qaramay, 2:0 hisobida zafar quchgan “Neftchi” 4-turdan keyin 10 ochko bilan turnir peshqadamligiga aylandi. 

Pro-liga. 4-tur

12 aprel, dushanba

ShO‘RTAN – OLIMPIK - 0:6 ((0:4)

G‘uzor. “Markaziy” stadion. 432 tomoshabin.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Husniddin Bahodirov, Farrux Yo‘ldoshev, Zufar Eliboev

Nazoratchi: Bobir Qodirov

Komissar: Alisher Fayziev.

Gollar: Bektemir Abdumannonov, 6 (0:1), Abdurauf Bo‘riev, 8 (0:2), Otabek Jo‘raqo‘ziev, 9 (0:3), Temur Mamasiddiqov, 45+1 (0:4), Muhammadali G‘iyosov, 58 (0:4), Alisher Odilov, 69 (0:6).

Amalga oshirilmagan penalti: Alisher Odilov, 68.

"Sho‘rtan": Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Shahzod Abdivayitov (Ruslan Yulmuxametov, 46), Elyor Omonjonov, Bekzod Suvonov, Jahongir Qurbonboev, Islom Shodmonov, Asadbek Samariddinov, Akrom Bahromov, Salohiddin Sanaqulov (Ahmed Qobiljonov, 59), Sherbek Eshmurodov.

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, Shohjahon Sultonmurodov, Behzod Shamsiev (Eldorbek Begimov, 70), Temur Mamasiddiqov, Farruhbek Muxtorov, Otabek Jo‘raqo‘ziev (Alisher Odilov, 46), Bektemir Abdumannonov (Diyor Ramazonov, 46), Abdurauf Bo‘riev, Hamidxon Rustamxonov, Muhammadali G‘iyosov.

Chetlatishlar: Sherbek Eshmurodov, 28, Nurali Padarov, 72.


ARAL SAMALI – NEFTChI - 0:2 (0:1)

Nukus. FMM maydoni. 552 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Choriev, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Meyirbek Axunov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Abdulloh Olimov, 45+2 (0:1), A’zamjon Aliev, 81 (0:20.

"Aral Samali": Ulug‘bek Bekbo‘sinov, Damir Nizanov, Miyras Karlibaev, Navro‘zbek Alimov (Arislan Yusupbaev, 74), Albert Sdikov, Ruslanbek Menlimuratov, Azamat Allaniyozov, Amir Abdraziev (Nurlibek Talasbaev, 61), Islambek Seytnazarov, Jamshid Gulmirzaev, Jamshid Bo‘ronboev (Erbol Seytnazarov, 70)

"Neftchi": Mashhurjon Muhammadjonov, Akmal Shorahmedov, Sobit Sindorov, Abdullox Olimov (Xudoyshukur Sattorov, 84), Shavkatjon Mullajonov, A’zamjon Aliev, Saydullo Rahmatov, Darko Stanoevich (kattasi), Ruslan Roziev (Sherzod Karimov, 64), Marko Obradovich, Ulug‘bek Hoshimov (Izzatilla Abdullaev, 80).

Ogohlantirish: Yo‘q – Saydullo Raxmatov, 12, Ruslan Roziev, 39, Ulug‘bek Xoshimov, 75.

mib
cola
apex
bmb