Futzal. Ikkita o‘yinda durang natija qayd etildi

Futzal bo‘yicha Farg‘ona shahridagi “Futbol markazi” sport majmuasida davom etayotgan 24-chempionatning 15-tur doirasidagi uchinchi kungi o‘yinlar nihoyasiga etdi. Bugun o‘tkazilgan uchta uchrashuvdan ikkitasida durang natija kuzatildi. Zarafshonliklar “Lokomotiv”  bilan, jizzaxliklar esa “Metallurg” bilan bir xil ko‘rinishdagi (3:3) natijani qayd ettshdi. Uchinchi o‘rinni deyarli naqd qilib ulgurgan “HUAXIN-Jizzax” bu turdagi har uchala bahsda ham raqiblariga ochko ulashib, atigi uch ochko ishladi. “Paxtakor” esa chempionlik sari yurishini davom ettirmoqda. Ular bugun “Buxoro” jamoasini yirik – 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Shu tariqa mazkur oltilik jamoalarining 15-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Ertaga qolgan olti jamoa – “Bunyodkor”, “Navbahor”, AGMK, “Nasaf”, “Qo‘qon-1912” va “Maksam-Chirchiq” bahslariga start beriladi.

Futzal. 15-tur. Uchinchi kun

STROITELЬ-ZARAFShON – LOKOMOTIV – 3:3 (1:1)

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Jamoliddin Najmiddinov, Sanjar Rahmonov, Furqat Azizov

Gollar: Odilxon Xoliqov (13), Shuhrat Ishchanov (24), Shaxboz Ahmedov (30) – Boburbek Ergashev (18, 40), Maksim Gulyaev (33)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.


HUAXIN-JIZZAX – METALLURG – 3:3 (1:2)

Hakamlar: Xushnud Atamurodov, Shavkat muhiddinov, Jamol Najmiddinov, Jamoliddin Qosimov

Gollar: Dilshod Raxmatov (10, 36) – Sanjar Ziyoxonov (13), Ravshan Ismatullaev (14), Said Rizo Mirsharofov (25), Bekzod Omonullaev (26-o‘z darv.)

Ogohlantirishlar: Yo‘q - Farhod Qodirov (30).


PAXTAKOR – BUXORO – 6:1 (3:0)

Hakamlar: Murodjon A’zamjonov, Maxmudjon Rustamov, Furqat Azizov, Xushnud Atamurodov

Gollar:Farhod Abdumavlonov (8, 13, 33), Akbar Usmonov (17), Feruz Faxriddinov (35), Dilshod Irsaliev (38) + Mirfayz muhiddinov (25).

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb