U21 Birinchiligi. “Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvida durang qayd etildi

Navoiyda kechgan mazkur o‘yindan keyin  U-21 birinchiligining 5-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. AGMK va “Turon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning AGMKning Osiyo chempionlar ligasi saralash o‘yinlaridagi ishtiroki munosabti bilan boshqa muddatga ko‘chirilganligidan esa xabardorsiz. “Qizilqum” bahsda ikki bor ikkita to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgandi, biroq uchrashuvning so‘nggi soniyalarida qarshiliklar raqib darvozasini ishg‘ol etishib, mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. 

U-21. 5-tur

9 aprel, juma

QIZILQUM – NASAF – 3:3 (2:0)

Navoiy. “Kimyogar” stadioni. 324 tomoshabin.

Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Baxtinur Xolmatov, Aziz Ergashev

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Jahongir Raxmatullaev

Gollar: Jamshid Baxshulloev, 5 (1:0), Ibrohimjon Muxtorov, 36 (2:0), Bilshod Berdiev, 77 (2:1), Jamshid Baxshulloev, 78 (3:1), Asliddin Tursunpo‘latov, 86 (3:2), Ozodbek Rajabov, 90+2 (3:3)

Ogohlantirishlar: Bobomurod Bozorov, 74, G‘olibjon Bekmurodov, 77, Jamshid Baxshulloev, 78 – Azamat Soyibov, 60, Jasur Jumaev, 74, Shaxzod Akramov, 80.

mib
cola
apex
bmb