Coca-Cola Superliga. “Andijon” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, “So‘g‘diyona” esa so‘nggi daqiqalarda g‘alaba to‘pini kiritdi

Superliganing 4-turidan joy olgan dastlabki ikki o‘yin o‘tkazildi. Viloyat futboli tarixida ilk bor VAR tizimidan foydalangan “Andijon” jamoasi “Mash’al”ni qabul qildi va durang natija qayd etdi. Jizzaxda esa maydon egalari o‘yinning so‘nggi soniyalarida “Surxon” darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol etib, uch ochko ishlab oldi.

Coca-Cola Superliga. 4-tur

1 aprel, payshanba

ANDIJON – MASh’AL  - 1:1 (1:1)  

Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 8524 tomoshabin.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Olim Abduvosilov, Ruslan Samandarov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistentlari: Jahongir Saidov, Ziyodulla Abdurahmonov

VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev

VAR operatori: Sherali Janaliev

Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov

Komissar: Oybek Yunusov.

Gollar: Chigozie Samuel Ononivu, 21 (0:1), Jasur Jaloliddinov, 35-pen., (1:1)

"Andijon":  Nizomiddin Ziyovuddinov, Edgar Bernxardt (Diyorbek Rahimqulov, 69), Usmonali Ismonaliev, Abduvohid G‘ulomov, Martin Boake, Baxtiyorjon Qosimov (Kamron Saidazimov, 46), Jasurbek Jaloliddinov, Doniyor Ismoilov (Farhodjon Sohibjonov, 69), Sunnatilla Hamidjonov, Doniyor Abdumannopov, Plamen Dimov.

"Mash’al": Shohruhjon Eshbo‘taev, Ifeani Ifeani, Humoyun Murtozaev, Chigozie Samuel Ononivu (Ukeme Mitchel Uilyams, 90), Shahzod Shaymanov, Jamoliddin Ubaydullaev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov  (Doniyor Usmonov, 83), Xudoyorxon Sa’dullaev ( Muhammad Yo‘ldoshev ,62), Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev.

Ogoxlantirishlar: Baxtiyorjon Qosimov, 12, Sunnatillox Hamidjonov, 47,  Abdulvohid G‘ulomov, 53, Nizomiddin Ziyovutdinov, 90+3 – Ukeme Mitchel Uilyams, 90+10 .


SO‘G‘DIYoNA – SURXON - 2:1 (0:1)

Jizzax. "So‘g‘diyona" stadioni. 1842 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Sanjar Shoyuspupov, Alisher Usmonov, Ahmadjon Ergashev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Ongar Jalimov

Gollar: Islomjon Toshpo‘latov, 45+2 penalti ( 0:1),  Shohruz Norxonov, 59 (1:1, Shohruz Norxonov, 90+5 (2:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Islomjon Toshpo‘latov, 88.

"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Ayubxon No‘’monov, Iskandar Shaykulov (Bahodir Nasimov, 46), Arslanmurat Amanov (Javohir Qahramonov, 71), Jamshid Boltaboev (Oybek Nurmatov, 67), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov, Shahboz Jo‘rabekov, Ergash Ismoilov, Luke Cheremel.

"Surxon": Akrom Xodjaev, Jasurbek Yoqubov, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov (Jahongir Ahmadov, 90+3), Murodbek Bobojonov (Jasur Xolto‘raev, 67), Zohir Pirimov, Vladimir Bubanya, Eldor Boymatov (O‘rol Choriev, 39), Husniddin G‘ofurov, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov.

Ogoxlantirishlar: Iskandar Shoyqulov, 11,  Shohruz Norxonov, 17, Shahboz Jo‘rabekov, 45, Oybek Nurmatov, 83  – Jasur Xolto‘raev, 90+2.

mib
cola
apex
bmb