Mart oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolayotgan mart oyida Superligada dastlabki 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 3 ta o‘yin, 3 g‘alaba

Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”) – 3 ta o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Baxtiyor Ashurmatov (“Qo‘qon-1912”) – 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang

Hamidjon Aktamov (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang

Viktor Jalilov (“Navbahor”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang


Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Sardor Rashidov (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist

Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 gol

Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”) – 3 o‘yin, 2 gol

Shirinboy Abdullaev (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 gol

Elvin Fortes (AGMK) – 3 o‘yin, 2 gol

Ignatiy Nesterov (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin

Oybek Bozorov (“Nasaf”) – 3 o‘yin

Aziz Turg‘unboev (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 1 gol, 1 assist.


Mart oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvida)

Elvin Fortes (AGMK – “Lokomotiv”)

Shahzodbek Nurmatov (“Metallurg” – “Bunyodkor”)

Doniyor Ismoilov (“Andijon” – “Surxon”)

Sardor Rashidov (“Paxtakor” – “Mash’al”)

Javohir Sidiqov (“Turon” – “Lokomotiv”)

Dayan Ponevich (“Turon” – “Lokomotiv”).

 

 

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL  tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali mart oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

mib
cola
apex
bmb