“Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Bugun Superliga 2-tur doirasidagi ikkinchi kun o‘yinlari nihoyasietdi. “Paxtakor” o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz uchta gol kiritdi. Ushbu yutuq bir kunga bo‘lsa -da “sherlar”ni turnir peshqadamligiga ko‘tardi. Jadvalning eng yuqorisidan o‘rin olish uchun ayni paytda “Bunyodkor”da ham imkoniyat bor. Buning uchun “qaldirg‘ochlar” ertaga “Metanillurg” darvozasiga kerakli gollarni kiritishi  lozim bo‘ladi. 

 

Coca Cola Superliga.  1-tur

15 mart, dushanba

PAXTAKOR – MASh’AL - 3:0 (0:0)

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Doston Rahmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Ramil Ilyasov

Gollar: Farruh Sayfiev, 9 (1:0), Dragan Cheran, 36 (2:0), Sardor Rashidov, 59 (3:0).

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, IbrohimHalil Yo‘ldoshev, Sardor Rashidov, Azizbek Turg‘unboev (Hojimat Erkinov, 65), Eren Derdiyok,  Dragan Cheran (Humoyunmirzo Iminov, 76), Egor Krimets (Anzur Ismoilov, 65), Sharof Muhitdinov, Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev, Farrux Sayfiev.

"Mash’al": Botir Nosirov, Zafarbek Akramov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Maykl Okoro Ibe (Xudoyorxon Sa’dullaev, 59), Humoyun Murtazoev (Doniyo r Usmonov, 67), Shahzod Shaymanov (Chigozi Samuel Ononivu, 59), Jamoliddin Ubaydullaev, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurullaev.

Ogohlantirish: Sardor Abduraimov, 45.

mib
cola
apex
bmb