VAR tizimidagi offside aniqlash usuli qor sabab ishlamasligi mumkin

Coca-Cola Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” uchrashuvida VAR tizimidan foydalanishi ma’lum qilingandi.

Ayni daqiqalarda VAR mutaxassislari stadionda texnikani o‘rnatish ishlarini olib borishmoqda. Mutaxassis Farhod Abdullaevning xabar berishicha, bugungi uchrashuvda o‘yindan tashqari holatni aniqlab beruvchi tizim ishlamasligi katta ehtimol. Bunga sabab sifatida Toshkentda yog‘gan qor ko‘rsatilmoqda.

Tizim o‘yindan tashqari holatni aniqlashda maydon uzra chizilgan oq chiziqlardan faol foydalanadi. Ya’ni, chiziqlar yordamida hujum qilayotgan futbolchining so‘nggi himoyachi bilan qanday pozitsiyada turgani aniqlab oladi. Ammo maydon atrofida yig‘ilgan qor tizimning rang aniqlash funktsiyasiga halal beradi. Boisi, chiziqlar ham, qor ham aynan oq rangda. Agar stadion ma’muriyati maydon atrofini qordan tozalab ulgursa, barchasi to‘liq formatda ishlaydi. 

“Qor sabab offsayd tizimini ko‘z yordamida aniqlashga majburmiz. Qolgan barcha jabhada VAR bilan faol ishlaymiz. Yaqqol sezilib turgan o‘yindan tashqari holatga reaktsiya bera olamiz. Biroq inson faktori juda kichik santimetrlarda qayd etilgan offsaydni aniqlay olmaydi. VAR yaxshi ishlashi uchun uchrashuv startidan bir necha daqiqa avval biz barcha funktsiyani amalda qo‘llab ulgurishimiz kerak. Hozircha esa oq chiziqlar va qor uyg‘unlashib ketayotgani bizga halal bermoqda”, - deydi Farhod Abdullaev. 

Barchasi uchrashuv startiga qadar yanada aniqroq bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb