“Turon” debyut uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi

Bugun mamlakat milliy chempionati Superligasining 1-tur o‘yinlari davom ettirildi. Kunning ilk  uchrashuvi “Turon” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda tajriba ustun keldi – qo‘qonliklar muhim g‘alabani nishonlashdi.

Coca Cola Superliga. 1-tur

TURON – QO‘QON-1912 - 1:2 (0:1)

Yaypan. "O‘zbekiston" stadioni. 4983 tomoshabin.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev 

Gollar: Mo‘minjon Meliev 39,  (0:1), Jasurbek Hakimov 50, (1:1), Murod Xolmuhammedov, 64, (1:2)

"Turon": Akmal Ortiqov, Davronbek Umirov (Boyong Kim, 46), G‘iyosjon Komilov, Jasurbek Hakimov, Javohir Sohibov (Kvame Karikari, 75), Muzaffar Muzaffarov, Abdulazizxon Abdurashidov,  Abdurahmon Abdulhakov (Fozil Musaev, 57), Sinisha Babich, Jahongir Mehmonov, Dayan Ponjevich.

"Qo‘qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Bobirjon Akbarov, Slavko Lukich, Asadbek Sobirjonov, Farhodjon Bekmurotov (Iqboljon Malikjonov, 86), Shoxnazar Norbekov, Mo‘minjon Meliev (Oybek Rustamov, 69), Muhammadanas Hasanov (Sardorbek Azimov, 66), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov.

Ogohlantirishlar: Dayan Ponjevich, 32 – Murod Xolmuhammedov, 45+1

mib
cola
apex
bmb