Superkubok uchrashuvini Vadim Agishev boshqaradi

Bilasiz, 6-mart kuni O‘zbekiston Superkubogi-2021 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.  Amaldagi chempion “Paxtakor” va vitse-chempion “Nasaf” klublari o‘rtasidagi qiziqarli bellashuvga Samarqand shahridagi “Dinamo” stadioni mezbonlik qiladi. 

Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov, komissar Jahongir Rahmatullaev.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin soat 16:00da start oladi.

mib
cola
apex
bmb