O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi chiptalari ertadan sotuvga chiqadi

 

Bilasiz, 6-mart kuni O‘zbekiston Superkubogi-2021 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Amaldagi chempion “Paxtakor” va vitse-chempion “Nasaf” klublari o‘rtasidagi qiziqarli bellashuvga Samarqand shahridagi “Dinamo” stadioni mezbonlik qiladi. 

Ertaga, 3-mart kunidan e’tiboran “Dinamo” stadioni kassalarida uchrashuv chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. O‘yinni bevosita stadiondan kuzatish istagida bo‘lgan futbol muxlislari stadion kassalaridan o‘yin chiptalarini harid qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, “Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasida kechadigan O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv 6-mart kuni bo‘lib o‘tadi va soat 16:00 da start oladi.

mib
cola
apex
bmb