Superliga va Pro liga klublari media hamda marketing xodimlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

 

Bugun O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro liga ishtirokchi klublari media va marketing bo‘limlari vakillari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Ayni paytda mamlakat chempionati hamda kubogi bellashuvlari natijalari va o‘yin atrofidagi voqealar haqida batafsil ma’lumot berish, ishqibozlarni sevimli jamoalari hayotiga oid yangiliklardan hamisha tezkorlik bilan boxabar etib borishda klublar matbuot xizmatlarining o‘rni beqiyos, albatta. Qolaversa, klubning homiy hamda hamkor tashkilotlar bilan yaqindan aloqalarni yo‘lga qo‘yishi, reklamalar orqali mablag‘ ishlab topishida esa marketing bo‘limi vakillari xizmatini alohida qayd etish lozim. Mazkur ikki yo‘nalish har bir klub faoliyatida juda muhim o‘rin tutadi. Zero klub imidjini shakllantirishda ushbu ikki bo‘lim o‘zaro chambar-chas bog‘liq tarzda ish olib boradi. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi yangi mavsum oldidan matbuot kotiblari va marketologlar uchun seminar tashkil etdi. Unda mavjud yutuq va kamchiliklar, yangi mavsum rejalari, o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama etildi. Ortda qolgan 2020-yilda qaysi klublar ushbu yo‘nalishlarda faol va samarali ishlagani, qaysi klublar esa aksincha biroz qoniqarsiz faoliyat olib borgani o‘rganildi va o‘sha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berildi.

 

 

 

mib
cola
apex
bmb