5-mart kuni O‘zbekiston Superkubogi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Xabaringiz bor, 6-mart kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o‘tkaziladi. Unda amaldagi chempion “Paxtakor” va vitse-chempion “Nasaf” klublari o‘zaro bahs yuritadi. Uchrashuv Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00 da start oladi. 

5-mart sanasida o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rasmiy mezbon sifatida “Paxtakor” futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti 15:00 da start oladi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. Rasmiy mehmon jamoa sifatida “Nasaf” futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti uchrashuv o‘tkaziladigan vaqtga parallel — 16:00 da start oladi va uning ham dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi. 

Shuningdek, 5-mart kuni har ikki klub rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda har ikki klub bosh murabbiylari ikki nafardan futbolchi hamrohligida ishtirok etadi. “Paxtakor” ishtirokidagi matbuot anjumani 17:15 da, “Nasaf” klubi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 17:45 da bo‘lib o‘tadi. 

Barcha turdagi OAV vakillarini o‘yinoldi tadbirlarni bevosita voqea joyidan yoritishga chorlaymiz.

mib
cola
apex
bmb