Ilxom Xanjariyev: Yangi o‘zgarishlar yurtimizda ayollar futboli rivojiga xizmat qiladi

Olmaliqning AGMK-W jamoasi o‘tgan 2020 yilda ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionati oliy ligasida 12 jamoa orasida 5-o‘rinni band etdi. Jamoa rahbariyati va murabbiylarining asosiy maqsadi faqat natijagina emas, balki muvaffaqiyatlarga bosqichma-bosqich erishishdir. Shu yo‘lda klub qoshida bir nechta yoshlar guruhlari tashkil etilgan, ularda turli yillarda tug‘ilgan yosh qizlar qunt bilan futbol sirlarini o‘rganishmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Xanjariyevdan jamoaning yangi mavusmga tayyorgarligi, bu mavsumdagi maqsad va rejalari, ayollar futboli borasidagi o‘zgarishlar xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Joriy yilgi mavsumdan niyatlarimiz katta. Jamoaning bir qator etakchi o‘yinchilari Olmaliqni tark etishdi, lekin ularning o‘rnini o‘zimizning futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari evaziga to‘ldiryapmiz. Bir so‘z bilan aytganda jamoamiz tarkibi bu yil sezilarli ravishda yosharadi.  Shu o‘rinda yangi mavsumdan har bir hududda 14 yoshlilar, oliy liga jamoalari qoshida esa 16 yoshlilar guruhlarining faoliyat yuritishi ayni muddao bo‘ldi.  

Ayollar jamoalarining musobaqada qatnashish a’zolik badallaridan ozod etilgani va iqtisod qilingan mablag‘ jamoaning strukturasini yanada yaxshilashga, bolalar va o‘smirlar guruhlarini ochish, jamoalarga yosh qizlarni jalb etish, ularga futbol sirlarini o‘rgatish, murabbiylar malakalarini oshirish kabi xarajatlarga sarf etilishiga imkoniyat yaratildi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu yilgi ayollar o‘rtasidagi musobaqalar har yilgidanda raqobatbardosh, qiziqarli, keskin kurashlarga boy, tartibli o‘tishiga ishonchim komil, - dedi mutaxassis.

mib
cola
apex
bmb