Coca-Cola Superliga. Dastlabki olti tur sanalari aniq

Kecha — 20-fevral kuni Coca-Cola Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi. Bugun — 21-fevral kuni O‘zPFL dastlabki olti tur uchrashuvlari sanasiga oydinlik kiritadi.

Bizda iyul oyiga qadar bo‘lgan reja ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur reja bilan quyidagi link orqali tanishib olish imkoniyati mavjud. Faqatgina AGMK futbol klubining Chempionlar ligasi saralashida qanday natija qayd etishiga qarab, taqvimda bir qator o‘zgarishlar yuz beradi. Shundan kelib chiqib, futbol muxlislarini chalg‘itmaslik maqsadida hozircha dastlabki olti tur uchrashuvlari sanasiga oydinlik kiritiladi.

O‘zPFL uchrashuvlar sanalarini belgilashda milliy terma jamoa manfaatlarini ham inobatga olgan. Misol uchun, 22-mart kuni FIFA kunlari start oladi. Vadim Abramov esa futbolchilarni 20-mart sanasidan e’tiboran yig‘ishni rejalashtirgan. Garchi Yaman termasiga qarshi rasmiy uchrashuv yozga qolayotgan bo‘lsa ham, martning so‘nggi o‘n kunligida milliy terma o‘rtoqlik o‘yinlariga urg‘u berishi katta ehtimol.

O‘zbekiston Coca-Cola kubogining saralash uchrashuvlari va guruh bosqichiga mart oyidagi FIFA kunlariga qadar qur’a tashlash marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqilsa, tez orada aprel oyining so‘ngiga qadar bo‘lgan o‘yinlar sanalariga aniqlik kiritiladi. 7-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi saralashi doirasidagi AGMK klubi ishtirokidagi uchrashuvdan keyin Coca-Cola Superliganing 6-turdan keyingi o‘yinlari sanasi ochiqlanadi.

 

 

1-tur

9-mart, seshanba

AGMK – LOKOMOTIV

NAVBAHOR – SO‘G‘DIYONA

10-mart, chorshanba

TURON – QO‘QON-1912

BUNYODKOR – MASH’AL

NASAF – PAXTAKOR

11-mart, payshanba

SURXON – METALLURG

QIZILQUM – ANDIJON

 

2-tur

14-mart, yakshanba

LOKOMOTIV – NAVBAHOR

SO‘G‘DIYONA – TURON

NASAF – AGMK

15-mart, dushanba

QO‘QON-1912 – QIZILQUM

PAXTAKOR – MASH’AL

16-mart, seshanba

METALLURG – BUNYODKOR

ANDIJON – SURXON

 

3-tur

18-mart, payshanba

TURON – LOKOMOTIV

AGMK – PAXTAKOR

19-mart, juma

NAVBAHOR – NASAF

QIZILQUM – SO‘G‘DIYONA

20-mart, shanba

BUNYoDKOR – ANDIJON

SURXON – QO‘QON-1912

MASH’AL – METALLURG

 

4-tur

1-aprel, payshanba

ANDIJON – MASh’AL

SO‘G‘DIYONA – SURXON

2-aprel, juma

PAXTAKOR – METALLURG

QO‘QON-1912 – BUNYODKOR

AGMK – NAVBAHOR

3-aprel, shanba

LOKOMOTIV – QIZILQUM

NASAF –  TURON

 

5-tur

8-aprel, payshanba

BUNYODKOR – SO‘G‘DIYONA

METALLURG – ANDIJON

9-aprel, juma

NAVBAHOR – PAXTAKOR

MASH’AL – QO‘QON-1912

SURXON – LOKOMOTIV

10-aprel, shanba

QIZILQUM – NASAF

12-aprel/9-may

TURON – AGMK

 

6-tur

15-aprel, payshanba

QO‘QON-1912 – METALLURG

NASAF – SURXON

SO‘G‘DIYONA – MASh’AL

16-aprel, juma

NAVBAHOR – TURON

LOKOMOTIV – BUNYODKOR

16-aprel/22-iyun

AGMK – QIZILQUM

mib
cola
apex
bmb