“Buxoro” sport majmuasida yangi mavsum hozirliklari qizg‘in davom etmoqda

Xabaringiz bor, “Buxoro” sport majmuasida o‘tgan yili ta’mirlash va maydon holatini yaxshi darajaga yetkazish bo‘yicha ishlar boshlangan edi.

Sport majmuada hozirga qadar salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, maydon chimi yangilandi. Hozirda maydon parvarishlanib, yangi mavsumdan majmua futbol uchrashuvlarini qabul qilishga hozirlanmoqda.

Klub taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyidan maydon futbol o‘yinlarini o‘tkazishga tayyor bo‘ladi.

Quyida maydonning ayni paytdagi holati fotosuratini tomosha qilishingiz mumkin: 

mib
cola
apex
bmb