Ayollar futboli: Jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

AGMK-W va “Bunyodkor-W” jamoalari yangi yilning dastlabki kunlaridanoq o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishgani haqida xabar bergan edik. Boshqa jamoalar ham allaqachon yangi mavsum hozirliklarini boshlab yuborishgan.

“Sevinch” jamoasi yangi chempionat taraddudini 15 yanvardan boshladi. Kuniga uch mahaldan belgilangan mashg‘ulotlarning ikkitasi texnik va taktik jihatlarni o‘z ichiga olsa, bir galgi mashg‘ulotda e’tibor trenajer zalda, jismoniy mashqlarga qaratilyapti. Futbolchi qizlar yangi yilning ilk o‘rtoqlik uchrashuvini “Nasaf” futzal jamoasiga qarshi o‘tkazishdi va o‘yin erkaklar foydasiga yirik – 2:8 hisobida hal bo‘ldi. 30 yanvar kuni huddi shu jamoalarning javob o‘yini rejalashtirilgan. Jamoa mashg‘ulotlarida bir qator yangi futbolchi qizlar ishtirok etmoqda. 

“Paxtakor” ham tayyorgarlik ishlarini 15 yanvardan “Chilonzor” sun’iy maydonida boshladi. Kuniga bir mahaldan belgilangan mashg‘ulotlarni murabbiy Gulmira Devyatova olib boryapti. Mashg‘ulotlarda bir qator yangi mahalliy futbolchi qizlar ishtirok etmoqda.

mib
cola
apex
bmb