Miron Kimni xotirlab

“Andijanka” jamoasining uzoq yillik bosh murabbiyi Miron Dmitrievich Kimning mamlakatimizda ayollar o‘rtasida chim xokkey va futbol o‘yinlarining rivojlanishi va ommalashishida xizmatlari katta bo‘lgan.
 
Miron Dmitrievich Sobiq Ittifoq ayollar chim xokkeyi asoschisi, bosh murabbiy sifatida boks, gandbol, ayollar o‘rtasida chim xokkey va futbol bo‘yicha qator mukofotlar egasi, chim xokkey bo‘yicha Moskva olimpiadasi bronza medali sohibi, Evropa Kubogi va jahon chempionatlari sovrindori, to‘rt karra sobiq Ittifoq chempioni va shuncha marotaba Kubok egasi, ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekistonning olti karra chempioni, to‘rt karra Kubok egasi hisoblanadi.

Miron Dmitrievich 7 yanvar kuni 85 yoshga to‘lgan bo‘lar edi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi futbol faxriylarini xotirlaydi va qadrlaydi.

mib
cola
apex
bmb