“AGMK-W” va “Bunyodkor-W” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Ayollar jamoalari ham qishki ta’tilni erta tugatib, mashg‘ulotlarga kirishmoqda. Bunda Olmaliqning "AGMK-W" va Toshkentning "Bunyodkor-W" jamoalari birinchilardan bo‘lib maydonga qaytdi. 

Ilxom Xanjariev shogirdlari 4 yanvardan Olmaliqda kuniga ikki maxaldan mashg‘ulotlarni boshladi.  Jamoa bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgani bois, Aynur Daulbaeva, Dilrabo Asadova,  Nodira Yo‘ldosheva va  Ziyoda To‘lanboeva AGMKni tark etdi. Bosh murabbiy ketganlar o‘rnini o‘rinbosarlar guruhidan – AGMK-2 jamoasidan to‘ldirishni, asosiy e’tiborni o‘z klubi tarbiyalanuvchisi va mahalliy futbolchilar evaziga to‘ldirishni maqsad qilgan.

Shuningdek, 7 yanvar kuni "Bunyodkor-W" jamoasi ham Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb