O‘zPFL va O'FA hakamlar va nazoratchilar bo'limi VAR tizimi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

Joriy yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchilar bo‘limi bilan VAR tizimini O‘zbekiston chempionatida ishlatish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Unda FIFA instruktori Farhod Abdullayev va OFK instruktori Vladislav Seytlinlar ham qatnashishdi. Uchrashuvda VAR tizimi Superliga va kubok o‘yinlarida ishlatish, hakamlarni malakasini oshirish, kamera va tizimni ishga solishda kerak bo‘ladigan barcha masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, VAR tizimi birinchi marta O‘zbekiston Coca-Cola Kubogida sinab ko‘rildi.

mib
cola
apex
bmb